18:52 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
157 0 0

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni maʼqulladi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Grant sogʻliqni saqlash xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari va mamlakat sogʻliqni saqlash tizimining salohiyatini tezda oshirishga yordam beradi boshqa tibbiy buyumlar sotib olish uchun ishlatiladi.

Taʼkidlanishicha, mablagʻlar OTBning “2019 koronavirus kasalligi epidemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarning potentsial epidemiyalariga qarshi kurashda mintaqaviy qoʻllab-quvvatlash” boʻyicha texnik yordam resurslaridan ajratiladi va mart oyida Oʻzbekistonga tibbiy buyumlarsotib olish uchun ajratilgan 200 ming dollarlik dastlabki texnik yordamni toʻldiradi.

Shuningdek, OTB joriy kreditdan Oʻzbekistonga yana 800 dona sunʼiy nafas oldirish uskunasini sotib olishga imkon berish uchun 19,5 million dollar ajratgan.

Eslatib oʻtamiz, 1 aprel kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov OTB prezidenti Masatsugu Asakava bilan koronavirus pandemiyasining mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga taʼsirini yumshatish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilgan edi. Oʻshanda bank tomonidan respublika sogʻliqni saqlash tizimini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish istiqbollari koʻrib chiqilayotgani maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular