03:15 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)
735 0 0

Aholi va tadbirkorlik subʼyektlari 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Unga koʻra, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi:

  • kichik tadbirkorlik subʼyektlari;  
  • bozorlar va  savdo majmualari;  
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish joylari; 
  • jamoat transportlari tashkilotlari; 
  • sport-sogʻlomlashtirish muassasalari; 
  • shuningdek, yoʻlovchilarni tashish, maishiy xizmat koʻrsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik subʼyektlariga 2020 yil 9 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer soligʻining foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) summalaridan; 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2020 yil 15 maygacha boʻlgan muddatda yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladi.

Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kungacha yechiktirish huquqi beriladi. 

2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi. 

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)

Asosiy mavzular