19:28 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
126 0 0

XVF Ijroiya kengashi Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash uchun tezkor kreditlash mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini maʼqulladi.

TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi jamgʻarma.

“Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Ijroiya kengashi Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash uchun tezkor kredit mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini maʼqulladi», - deyiladi xabarda.

Jamgʻarma maʼlumotlariga koʻra, imtiyozli kreditlar 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 125 million dollar miqdoridagi tez foizsiz kreditlashni (Rapid Credit Facility) nazarda tutadi. Shuningdek, 250 million dollar miqdoridagi mablagʻlar 5 yillik muddatga tez moliyalashtirish vositasi shaklida, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga yiliga 1,05%da ajratiladi.

"Ushbu mablagʻlar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi jamgʻarmani toʻldirishga yoʻnaltiriladi", - deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun 1,36 mln dollar miqdorda grant ajratishni maʼqullagani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular