20:26 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
119 0 0

Shavkat Mirziyoyevning farmoniga koʻra, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha boʻlgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekistonda ayrim  mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi.

Shavkat Mirziyoyevning 18 maydagi 5996-sonli farmoniga koʻra, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha boʻlgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aktsizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha toʻxtatiladi.

Bunda ularga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha ijro etilmagan toʻlov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.

Asosiy mavzular