Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning 5-yillik strategiyasi - Putin asosiy vazifalar haqida

© Sputnik / Vladislav Vodnev Flagi stran-uchastnis YeAES
Flagi stran-uchastnis YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Strategiya import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlar chiqarish jarayonlarini faollashtirish, sanoatni lokalizatsiya qilish va yuqori integratsion tarkibiy qismga ega qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun asos yaratadi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin YevroOsiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalarini e’lon qildi.

Rossiya yetakchisi YevroOsiyo iqtisodiy Oliy kengashining videokonferensiya shaklida o‘tgan yig‘ilishda nutq so‘zladi.

“Loyihada tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining umumiy bozorini shakllantirishni nihoyasiga yetkazish, bojxona va ma’muriy tartibga solishni takomillashtirish va raqamli makonni yaratish bo‘yicha kompleks vazifalar qo‘yilgan. Shuningdek, unga iqtisodiyotning yuqori samarali tarmoqlarida qo‘shma kooperativ loyihalarni boshqarish tizimini yaratish kiradi”, - dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, strategiya import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlar chiqarish jarayonlarini faollashtirish, sanoatni mahalliylashtirish va yuqori integratsion tarkibiy qismga ega bo‘lgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun asos yaratadi.

YeOII davlatlarida oziq-ovqat xavfsizligini, birinchi galda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, boshqa o‘ta muhim mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi kerak.

Zamestitel ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan Ilxomjon Ne’matov - Sputnik O‘zbekiston
YeOII masalasida G‘arb yoki Sharqga qarab qaror qabul qilsak, o‘zgarish bo‘lmaydi - Ne’matov

Strategiya YeOII davlatlarining ilmiy-texnik va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutadi. Kasbiy va universitet ta’limi, kadrlarni tayyorlash, akademik harakatchanlikni oshirish va ko‘p tomonlama ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Umuman olganda, nazarimizda, YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqining yaqin va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan kursini belgilab beruvchi keng ko‘lamli hujjat bo‘ldi. Uning qabul qilinishi integratsiyani chuqurlashtirish, iqtisodiyotlarimizni yaqinlashtirish va hamkorlik sohalarini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning kuzida respublikaning YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi.

May boshida O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasi - senatning to‘rtinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullashdi. Mazkur masala bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0