03:39 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
318 0 0

Islomiy bank tizimi rivojlanmagani uchun oʻrtacha 20% aholini bank xizmatlaridan foydalanmaydi, deb hisoblaydi "Milliy taklanish" partiyasi yetakchisi.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekiston aholisining beshdan bir qismi diniy qadriyatlarga asoslangan holda bank bilan hamkorlik qilishni istamayapti dedi Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov. 

"Partiyada olib borilgan tahlillar asosida aholining 17-22 foizi faqatgina muqaddas diniy qadriyatlar asosida bank bilan hamkorlik qilishni hoxlamayapdi degan xulosaga keldik", - deyilgan xabarda. 

Qodirov aytishiga koʻra, ushbu xulosadan kelib chiqqan holda, "Milliy tiklanish" partiyasi ayni damda "muqobil kreditlash tizimi" boʻyicha qonunchilik takliflarini tayyorlash jarayonini boshlagan.

Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishlaridan birida aholining mablagʻlari banklar faoliyatiga samarali jalb qilinmayapdi, mijoz bilan ishni toʻgʻri tashkil qilmagan bankning kelajagi yoʻq degan fikrni bildirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning fevral oyida Markaziy bank raisi oʻrinbosari Botir Zohidov Oʻzbekistonda islomiy bank tizimini yuritish uchun hech qanday qonuniy cheklovlar yoʻqligini va 2019 yil oxiridan boshlab uchta bank islomiy kreditlash yoʻnalishlari ochishga tayyorgarlik koʻrayotganini xabar qilgan edi. 

Islomiy bank tizimi deyilganda shariat qonunlari asosida yuritiladigan bank tizimi nazarda tutiladi. Shariatda berilgan kreditdan foiz olish - harom hisoblanadi. Islomiy bank tizimida ishlovchi banklar foiz olish oʻrniga taklif qilinayotgan loyihada maʼlum ulush evaziga ishtirok etish va ehtimolli xavflarni mijoz bilan teng qabul qilishni nazarda tutadi. Undan tashqari islomiy banklar jinoyatchilik va alkogol va shariatda taʼqiqlangan boshqa faoliyatlar orqali topilgan mablagʻlar bilan ishlamaydi. 

 

 

Asosiy mavzular