01:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
263 0 0

Temir yoʻl qurilishi marshrutlari boʻyicha yagona toʻxtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qoʻllanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Oʻzbekiston transport vaziri Elyor Gʻaniyev, Qirgʻiziston transport va yoʻl vaziri Janat Beyshenov, Xitoyning islohotlar va rivojlanish boʻyicha davlat qoʻmitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori oʻrinbosari Chjen Chipin boshchiligida videokonferentsiya aloqa shaklida uchrashuv oʻtkazildi.

Transport vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda tomonlar “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” temir yoʻl qurilishi loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelgusi amaliy choralarni muhokama qilishdi.

Xususan, ushbu loyiha yuzasidan tomonlar taqdim etilgan temir yoʻl qurilishi marshrutlari boʻyicha yagona toʻxtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qoʻllanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

“Sanitariya-epidemiologiya standartlari shartlariga muvofiq deyarli barcha transport turlarida yuk tashuvlariga cheklovlar qoʻyilmoqda. Karantin choralari tufayli davlatlarimiz oʻrtasida avtomobilda yuk tashuvlari cheklangan holda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar fonida eng xavfsiz, ishonchli transport vositasi esa temir yoʻl boʻlib qolmoqda. Aynan shu jihatning oʻzi ham mazkur loyihani hayotga tezroq tadbiq etish zarurligi koʻrsatmoqda”, - dedi Gʻaniyev.

Uchrashuvda Xitoy va Qirgʻiziston tomoni mazkur temir yoʻl liniyasi oʻtishi mumkin boʻlgan hududlar boʻyicha bergan takliflari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar taqdim etilgan temir yoʻl qurilishi marshrutlari boʻyicha yagona toʻxtamga kelish yuzasidan, har bir yoʻnalish boʻyicha loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlarini yana bir karra koʻrib chiqishga va kelasi haftada huddi shu formatda uchrashuv oʻtkazishga kelishib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga 200 million rubl ajratgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular