13:30 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
37211

Hukumatning 2020 yil 23 apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonga tsement importi vaqtincha toʻxtatilgan edi.

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Oʻzbekiston tsement importiga cheklovni bekor qildi. Bu haqda "Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti va tsement importini vaqtinchalik cheklash toʻgʻrisida"gi Hukumat qarorida koʻzda tutilgan.

Hukumatning 2020 yil 23 apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonga tsement importi vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, tsement mahsulotini import boʻyicha olib kirishga joriy qilingan cheklov 2020 yilning 23 mayidan boshlab bekor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekistonda 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha tsement ishlab chiqaruvchi korxonalarga  avtomatik stantsiyalar oʻrnatish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu avtomatik stantsiyalar tsement zavodlaridan chiqadigan zararli moddalarni tahlil qiladi.

Asosiy mavzular