08:23 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
390 0 0

Chevrolet brendi ostida Belarus Respublikasi avtomobil bozorida namoyish etilgan birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻldi.

TOSHKENT, 24 may - Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet brendi ostida Belarusda avtomobillar sotishni boshladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Belarus avtomobil bozorida taklif etilayotgan Chevrolet brendi ostidagi birinchi modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻldi”, - deyiladi xabarda.

Avtomobillarning birinchi partiyasi Chevrolet brendi qimmatbaho avtomobillarining rasmiy dileri boʻlgan "Multimotors" avtomarkaziga yetkazib berildi va hozirda UzAuto Motors kompaniyasi bilan Chevrolet rusumidagi avtomobillarni yetkazib berish boʻyicha yangi dilerlik shartnomasi tuzildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu mashinalarning asosiy afzalligi pul/narxning maqbul nisbati, shu jumladan jihozlanishi.

Tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi UzAuto Motors kompaniyasiga jahon avtomobilsozlik sanoatining yetakchilaridan biri boʻlgan General Motors tomonidan avtomobillarning yuqori sifati talluqli standartlarga toʻliq javob berganligi tufayli taqdim qilingan.

Fevral oyida UzAuto Motors 2020 yil mart oyidan Chevrolet brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni Rossiya, Qozogʻiston va Belarusga yetkazib berish boshlanishi haqida xabar bergan.

Asosiy mavzular