"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning lokomotiv parki yangilanishi mumkin

© Uzbekiston temir yullariPoyezd Buxara – Xiva – Buxara
Poyezd Buxara – Xiva – Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibini optimallashtirish va lokomotiv parkini yangilash masalalari ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 26-may - Sputnik. Pandemiya sharoitida dunyo miqyosida temiryo‘l transporti xizmatlari ulushi 75 %dan 87 %gacha oshgan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar qilindi. 

Ushbu umumjahon tendensiyasi O‘zbekiston temiryo‘l sohasi uchun ham xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Lekin, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois, prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Majlisda shuningdek O‘zbekistondagi yuk avtomobili sohasini rivojlantirish va avtomobil yo‘llar tarmog‘ini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Majlisning to‘liq bayonoti bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0