02:54 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
73 0 0

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilindi.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Prezident qarori bilan tez yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi 8703221010, 8703231930, 8703241010, 8703311010, 8703321910, 8703331910) 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilindi.

Ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan mazkur qaror eʼlon qilingunga qadar olib kirilgan “bojxona ombori” rejimida 6 oydan koʻp turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qoʻllaniladi.

Avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyoz berilishi munosabati bilan toʻlanmagan import bojxona boji summasi moliyaviy sanktsiyalarni qoʻllagan holda Davlat byudjetiga undirib olinadi.

Asosiy mavzular