20:03 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
567 0 0

“Jizzax Avto” qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Oʻzavtosanoat” AJ xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Jizzax avtomobil zavodi”ning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor.

Ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida Oʻzbekistonga Volkswagen Caddy avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya boʻyicha vakolatli organlarga topshirilgan.

“Jizzax Avto” MCHJ bilan hamkorlik qiluvchi respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar tanlab olindi.

“Shuni taʼkidlash joizki, “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “Jizzax Avto” kompaniyasi va dilerlik korxonalari xodimlarini “Folksvagen” brendi global standartlariga muvofiq oʻqitish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqildi.

Maʼlumot uchun: Volkswagen Caddy - 7 oʻrindiqli (5-oʻrindiqli koʻrinishi ham mavjud) yoʻlovchi va yuk miniveni. Avtomobil ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun toʻgʻri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilgʻi sarfi – shaharda 100 km.ga 9,3 litr, trassada 100 km.ga 6,1 litr.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” kontserni oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular