20:58 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
151310

Bugungi kunda Andijon, Karkidon, Ohangaron, Talimarjon, Arnasoy va Chorvoq suv omborlarida zaxiralar avvalgi yillarga nisbatan 20-30 %ga kam.

TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda suv tanqisligi vujudga kelishi mumkin - hukumat buning oldini olishga harakat qilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasi "2020 yil yozgi sugʻorish mavsumida ekin maydonlarini suv bilan ishonchli taʼminlash va suv tanqisligining oldini olish boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida" qarorini qabul qildi.

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kerakli meʼyorlarga nisbatan suv resurslarining yetarli darajada taʼminlanmasligi kutilmoqda. Xususan, Qashqadaryo, Ohangaron va Fargʻona vodiysining shimoliy qismidagi suv havzalarida - 70 foiz, Surxondaryo va Chirchiqda - 75 foiz, Qoradaryo - 80 foiz, Vaxsh, Zarafshon va Norinda - 85 foiz, Fargʻona vodiysining janubida - 90 foiz.

Bugungi kunda Andijon, Karkidon, Ohangaron, Talimarjon, Arnasoy va Chorvoq suv omborlarida zaxiralar avvalgi yillarga nisbatan 20-30 foizga kam.

Suv tanqisligi  oldini olish va resurslardan samarali foydalanish uchun Oʻzbekiston hukumati sugʻorish uchun suv yetkazib berilishini toʻliq nazorat qiladigan ishchi guruhni tuzdi. Har bir kanal va sugʻorish tarmogʻi boʻyicha oʻn kun ichida suv olish limitlarini tasdiqlash topshirildi.

Iyun oyida barcha sugʻorish tizimlari, nasos qurilmalari, shu jumladan koʻchma qurilmalar va vertikal sugʻorishga moʻljallangan quduqlar taʼmirlanadi. Suvni tejaydigan samarali sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

2020 yil uchinchi va toʻrtinchi choraklarida koʻchma nasos uskunalarini sotib olishga rejalashtirilgan 31 milliard soʻm miqdorida byudjet ajratmalari ikkinchi chorakka koʻchiriladi.

2019 yil oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi keng koʻlamli hujjatni imzoladi. Suv xoʻjaligi boshqaruvi sohasida bozor tamoyillari va mexanizmlarini, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ilm-fanni rivojlantirish choralari koʻrildi.

Suv tejaydigan texnologiyalar yordamida sugʻoriladigan yerlarning ulushi umumiy sugʻoriladigan yerlarning kamida oʻn foiziga yetkaziladi. Suv hujaligining 300 inshooti va gidrouzellarida suvni boshqarish va hisobga olish tizimini avtomatlashtirish koʻzda tutilgan.

Suv hoʻjaligi vazirligi qoshida suv resurslarini boshqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Agentlik tashkil etildi.

Asosiy mavzular