13:39 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
84 0 0

Mart oyida neft narxlarining pasayishi OPEK+ mamlakatlari na neft qazib olishni qisqartirish boʻyicha kelishuv parametrlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida, na uni uzaytirish boʻyicha kelisha olmaganidan keyin boshlandi.

TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Brent markali neftning bir barreli narxi 6 martdan beri birinchi marta 40 dollardan oshdi. Oʻshanda (6 martda-tahr.) OPEK+ ishtirokchilari ishlab chiqarishni qisqartirish boʻyicha kelishuvni uzaytira olmaganlari maʼlum boʻlgan edi.

RIA Novostining Moskva vaqti bilan soat 03:44dagi savdolar maʼlumotlariga asoslanib yozishicha, Londonning ICE birjasida Shimoliy dengiz Brent neftining fyuchers narxi 1,14 foizga oʻsgan va bir barrel uchun 40,08 dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, WTI neftining iyul fyucherslari 1,96 foizgacha, bir barrel uchun 37,53 dollargacha koʻtarilgan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni 2020 yil may-iyun oylarida kuniga 9,7 million barrelga, yilning ikkinchi yarmida 7,7 millionga va 2022 yil aprel oxirigacha 5,8 millionga qisqartirishga kelishib olishdi.

Asosiy mavzular