02:37 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Iqtisod
Havola olish
412 0 0

1 avgustdan boshlab 8701, 8702, 8703 va 8704 TIF TN kodlar boʻyicha mashina olib kirish uchun aktsiz soligʻi bekor qilinadi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 avgustdan ayrim import mashinalar uchun aktsiz soligʻi bekor qilinadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

“Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar boʻyicha transport vositalarini olib kirishda amalda boʻlgan aktsiz soligʻi stavkalari bekor qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Respublika hududiga olib kiriladigan, aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soligʻi stavkalari prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.

Asosiy mavzular