04:33 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
21910

Salmopan-Adamas Caviar - Yevropada va Italiyada mashhur boʻlgan Adamas Caviar ikra markasining ishlab chiqaruvchisi va baliqchilik sanoatining yetakchilaridan biridir.

TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Onlayn muzokaralar davomida Italiyaning Salmopan-Adamas Caviar kompaniyasiga Xorazm viloyatida osyotr baligʻi va qora ikra ishlab chiqarish boʻyicha investitsion loyihasini amalga oshirishni oʻrganish taklif etildi, deb xabar beradi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi.

Uchrashuv Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Shuningdek unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (TSRIP) va Khorazm Baliq Cluster kompaniyasi vakillari, hamda Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Farian Sabaxi ishtirok etdilar.

Muzokaralari davomida kompaniyaga Xorazm viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Viloyat baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish hajmi boʻyicha respublikada uchinchi oʻrinda ekanligi qayd etildi.

"Bundan tashqari, bir vaqtlar Orol dengizida osyotrlarning mutlaqo boshqacha guruhi yashagan, - deya taʼkidladi TSRIP direktori oʻrinbosari Murod Mirzayev, - Ushbu loyihaning ahamiyati, shuningdek, "ship" va "lopatonos" yoʻqotilgan osyotr turlarini qayta tiklash imkoniyatidadir.

Onlayn uchrashuv natijalariga koʻra tomonlar muhim koʻrsatkichlar boʻyicha batafsilroq maʼlumot almashinuvi, shuningdek, baliq va ikra yetishtirish sohasida hamkorlik memorandumini oldindan tayyorlash toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Salmopan-Adamas Caviar  1988 yilda Shimoliy Italiyadagi tabiiy suvlarda boqiladigan baliqlar populyatsiyasini qoʻllab-quvvatlash va eksklyuziv osyotr ikrasini olish maqsadida tashkil topgan. Kompaniya Yevropada va Italiyada mashhur boʻlgan Adamas Caviar ikra brendining ishlab chiqaruvchisi va baliqchilik sanoatining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Asosiy mavzular