23:39 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
54610

Uzbekistan Airports, Oʻzaviatsiya va xorijiy aviakompaniya vakillari oʻz faoliyatlarini qayta tiklashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Dunyoda koronavirus pandemiyasi taʼsiri kamayib, mamlakatlar birin ketin oʻz chegaralarini ochishni boshlagan vaqtda Uzbekistan Airports aktsiyadorlik jamiyati ham Oʻzbekiston aeroportlari faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazmoqda. 

Jamiyat, xususan 20dan ziyod xorijiy aviakompaniya vakillari hamda “Oʻzaviatsiya” agentligi ishtirokida oʻtgan ochiq muloqot oʻtkazdi. Tadbirda Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir va boshqa avaikompaniya vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning oʻzaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yoʻlga qoʻyish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Rovshan Ismailov hamda xorijiy aviakompaniya vakillari soʻzga chiqib parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayor ekanliklarini bildirishdi, deb xabar qilmoqda “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmati. 

Maʼlumot uchun, 4 iyundan boshlab Avstriya oʻziga qoʻshni boʻlgan 7 davlat bilan chegaralarini ochgan edi. Italiya va Ispaniya ham biroz oldin oʻz chegaralarini sayyohlar uchun ochishini maʼlum qilgan edi. Latviya, Litva va Estoniya esa 1 oy oldin oʻzaro chegaralarini ochiq deb eʼlon qilgan, 1 iyundan boshlab esa - yana 24ta Yevropa davlatlari fuqarolari kirib-chiqishiga ruxsat bergan edi. Boltiqboʻyi davlatlariga kirish cheklovlari faqat Belgiya, Britaniya, Shvetsiya va Portugaliya fuqarolari uchun saqlanib qolingan.

Asosiy mavzular