Yaponiya O‘zbekistonga 4,5 mln dollarlik tibbiy asbob-uskuna yetkazib beradi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaYaponskie mobilnie polikliniki nachnut rabotat v Uzbekistane
Yaponskie mobilnie polikliniki nachnut rabotat v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya O‘zbekistonga beg‘araz tibbiy asbob-uskunalar - raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografi, innovatsion ko‘chma diagnostika stansiyasini yetkazib beradi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish loyihasi bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Aponiyaning mamlakatdagi elchisi Fujiyama Oshinori imzoladi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, grantning umumiy miqdori 500 million iyen (taxminan 4,5 million AQSh dollari)ni tashkil qiladi.

Simulyatsionniy sentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Kasalxonalar Yaponiya mablag‘i evaziga sun’iy nafas oldirish qurilmalari bilan jihozlanadi

Ushbu mablag‘larga ultratovush apparatidan tortib, raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografi, mammograf kabi zamonaviy texnologiyalardan iborat innovatsion ko‘chma diagnostika stansiyasi (konteyner); PSR laboratoriyasi, ultratovush apparati, raqamli rentgen apparati, mammografdan iborat yuzlab kasalliklarga qisqa fursat ichida aniq tashxis qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘chma laboratoriya (konteyner); shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonalari uchun 3 ta kompyuter tomografi yetkazib beriladi. 

Ta’kidlanishicha, loyihaning maqsadi – COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlashdan iborat. Ko‘plab yuqori texnologiyali uskunalarni o‘zida jam qilgan ushbu mobil poliklinikalarni mamlakatning istalgan hududiga yetkazish mumkin. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar o‘chog‘i paydo bo‘lgan taqdirda zamonaviy diagnostika va laboratoriya jihozlarining to‘liq to‘plamidan iborat konteyner mahalliy aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0