Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ishlab chiqarish quvvatini oshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTaxiatashskaya TES
Taxiatashskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taxiatosh IESda 280 MVt quvvatdagi ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiladi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Taxiatosh IESda 280 MVt quvvatdagi ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Ushbu bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda. Qurilma sinov tariqasida ishlamoqda.

© Press-slujba AO "Teplovie elektricheskie stansii"Proizveden kombinirovanniy pusk vtoroy sovremennoy parogazovoy ustanovki
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ishlab chiqarish quvvatini oshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Proizveden kombinirovanniy pusk vtoroy sovremennoy parogazovoy ustanovki

Ushbu yirik investitsion loyihani amalga oshirish mamlakat prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Loyiha zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Taxiatosh IESda dastlabki bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0