OPEK+ qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ertalab Brent neft navining avgust fyucherslari narxi 0,87 foizga o‘sdi va bir barrel uchun 41,87 dollarni tashkil qildi.

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Neft narxi o‘sib bormoqda: OPEK+ vazirlik monitoring qo‘mitasining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi, savdolar ma’lumotlariga ko‘ra, investorlarni talabning tez tiklanishi umidi bilan ilhomlantirdi.

Moskva vaqti bilan 7:45 da Shimoliy dengiz Brent neft navining avgust fyucherslari narxi 0,87 foizga o‘sdi va bir barrel uchun 41,87 dollarni tashkil qildi, WTI uchun iyul fyucherslari esa 0,98 foizga ko‘tarilib 39,22 dollarni tashkil qildi.

Birinchi navbatda, bozorni Iroq va Qozog‘istonning may oyidagi ishlab chiqarish hajmini qisqartirilmay qolib ketgan qismini qoplash rejalari qo‘llab-quvvatladi. Yig‘ilishning yakuniy kommunikesi loyihasida qayd etilishicha, o‘tgan oyda OPEK+ bitimiga amal qilish darajasi 87 foizni tashkil etgan.

Neftanie tankeri u prichala - Sputnik O‘zbekiston
Neft urushida AQSh Rossiyaga qanday yordam berdi?

OPEK+ yangi kelishuvlari may oyidan ikki oy davomida kuniga 9,7 million barrel neft qazib olishning qisqartirilishi bilan boshlandi, 6-iyun kuni esa ushbu shart iyulgacha uzaytirildi. Keyinchalik, qazib olishning qisqartirish hajmi yil oxirigacha kuniga 7,7 million barrelgacha va 2022-yil aprel oxiriga qadar 5,8 million barrelni tashkil etadi.

“Bu hafta aniq bo‘ldiki, har qanday ikkinchi to‘lqin ham hukumatlarni keskin choralarga qaytishga majbur qila olmaydi”, - dedi Blumberg ahborot agentligiga  Vanda Insights asoschisi Vandana Xari (Vandana Hari) honim.

Uning ta’kidlashicha, OPEK+ davlatlaridan neft yetkazib berishni cheklash haqida gap ketishi bilanok bozor tinchlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0