06:59 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
170 0 0

Rossiyaning "Mir" toʻlov tizimi Uzcard bank kartalariga toʻgʻridan toʻgʻri toʻlovlarni amalga oshira boshladi.

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. “Mir” - Rossiya Milliy toʻlov kartalar tizimi MDH davlatldariga kartadan kartaga pul oʻtkazish tizimini ishga tushirmoqda, deb xabar qildi "Kommersantʼ" nashri.

Xususan, Oʻzbekistonning Uzcard va Qirgʻizistonning ELKART bank kartalariga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni 29 iyundan boshlab oʻtkazish mumkin. Pul oʻtkazma komissiyasi 1% atrofida, valyuta almashtirish kursi esa Markaziy bank kursiga yaqin boʻladi, deyilgan xabarda.  

Xabarda aytilishiga koʻra, bu foydalanuvchi uchun odatiy pul oʻtkazish xizmatlaridan koʻra qulay va arzonroq boʻladi. Ayni damda mavjud pul oʻtkazish tizimlarida 1-3% - komissiya va valyuta almashtirishning past kursi tufayli yashirin toʻlovlar mavjud.

Rossiya Markaziy banki xabariga koʻra, 2020 yilning 1 kvartalida Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari miqdori 759 mln dollarni tashkil qilgan (MDHda 1-oʻrin), Qirgʻizstonga – 359 mln.  Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 7%ga kamaygan, Qirgʻistonga esa – 22 %ga.

Asosiy mavzular