Zubes: Markaziy Osiyo davlatlari qarzni ko‘paytirgani emas, "belni mahkam bog‘laganlari" yaxshi

© Sputnik / Anton DenisovDoktor ekonomicheskix nauk, direktor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF Aleksey Zubes
Doktor ekonomicheskix nauk, direktor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF Aleksey Zubes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisod fanlari doktori, RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori Aleksey Zubes Markaziy Osiyo respublikalarida koronavirus pandemiyasining oqibatlari haqida gapirib berdi.

Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida, u bugungi kunda bozorda "arzon pullar" ko‘pligini ta’kidladi.

Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning tashqi qarzi 21 milliard dollardan oshib ketdi

"AQSh va Yevropa moliya bozorlariga mablag‘larni juda katta miqdorda kiritdi va bu mablag‘larni joylashtirgani joy topolmayapti. Ular, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilinishi mumkin. Agar Rossiya tashqi bozorlardan yiliga 2,5 foiz qarz olsa, Markaziy Osiyo davlatlari uchun esa bu ko‘rsatkich 7-7,5 foizni tashkil etadi. Ammo bu yerda muammo yuzaga keladi - ushbu kreditlar bo‘yicha foizlar sezilarli baland bo‘ladi va pandemiya tugashi bilan jahon bozorida Markaziy Osiyoda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga ehtiyoj hozirgidan ko‘ra kamayishi natijasida pasayish (retsessiya) xavfi paydo bo‘lishi mumkin", - dedi Zubes.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatda eski qarzlar yangi qarzlar hisobiga qoplanishidan qarz piramidasi vujudga kelishi xavfi mavjud.

"Bunday sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari qarz olmasliklari va o‘z mablag‘larini iqtisodni rag‘batlantirish va aholini qo‘llab-quvvatlashga sarflashlari lozim. Aholi bilan muloqotda bo‘lish, yuzaga kelgan barcha muammolarni tushuntirib harajatlarni kamaytirishni so‘rash ma’qulroq - bu qarzlarni ko‘paytirishdan ko‘ra mas’uliyatliroq siyosat" , - deya ta’kidladi ekspert.

Zubes: proshe poprosit naselenie "zatanut poyasa", chem narashivat dolgi
Yangiliklar lentasi
0