O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lib kirish jarayoni «muhim vazifa bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga daxldor bo‘lgan ko‘plab masalalarni tezkor hal etishni talab etadi”.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. O‘zbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7-iyulda qariyb 15-yillik tanaffusdan keyin ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh majlisini boshlaydi, deb xabar qildi O‘zA.

Shtab-kvartira Vsemirnoy torgovoy organizatsii VTO - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi uchun maxsus komissiya tuzildi

Uchrashuvlar pandemiya tufayli hozircha videokonferensiya formatida bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston 1994-yil iyun oyida tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitimda kuzatuvchi maqomini olgan, 1998-yilda JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokara olib boruvchi ishchi guruh tashkil etilgan. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marotaba yig‘ilgan. So‘nggi uchrashuv 2005-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgandi. Bundan avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ishchi guruh majlislari joriy yil mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida boshlanishini rejalashtirgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvlar amalga oshmadi.

YeOII va JST - Sputnik O‘zbekiston
YeOIImi yoki JST - so‘rov natijasi

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov JST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazgan. Unda ishtirokchilar muzokara olib boruvchi guruh majlisini qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lib kirish jarayoni «muhim vazifa bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga daxldor bo‘lgan ko‘plab masalalarni tezkor hal etishni talab etadi”.

2017 yil noyabr oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida mamlakat JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yuborganini ta’kidlagan edi. 2019-yil iyulda O‘zbekiston tomoni mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun JSTga tashqi savdo to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni bergan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma’lumoti bo‘yicha, O‘zbekiston JSTga qo‘shilishida iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakat sifatida ma’lum bir imtiyozlarga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.

Yangiliklar lentasi
0