23:02 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
120 0 0

Juma kuni Greenpeace faollari ushbu qonunchilik loyihasi muhokamasi kechayotgan reyxstag binosi tomiga chiqib, "Koʻmir energetikasisiz kelajak", deya yozilgan transparantni ilib qoʻyganlar.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Bundestag juma kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisda 2038 yilga kelib energetika sohasida qazilma koʻmirdan foydalanishni taʼqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda ovoz berish natijalari koʻrsatmoqda.

Deputatlar ikkita qonun loyihasi boʻyicha ovoz berganlar: bittasi koʻmir energetikasi energiya quvvatining asosiy manbai boʻlgan mintaqalarni tuzilmaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Ushbu hujjat islohotlar tufayli Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saksoniya-Anxalt, Saksoniya va Brandenburgda ish oʻrinlarini yoʻqotadigan yoshlarga moliyaviy koʻmak koʻrsatishni nazarda tutadi.

Ikkinchi qonun loyihasi - qazilma koʻmirdan foydalanishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi asosiy hujjatdir.

Ushbu qonun 2038 yilga kelib koʻmir energetikasidan chiqishni nazarda tutadi. Shu tariqa, hukumat komissiyasi tomonidan tuzilgan "koʻmir komissiyasi" deb nom olgan "Oʻsish, tuzilmaviy oʻzgarishlar va ishga joylashish" tavsiyalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

2022 yilga kelib qazilma koʻmirdan olidanidan energiya 15 gigavattga, 2030 yilga godu - yana 16 gigavattga kamaytiriladi.

Federal tarmoq agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil 1 aprel holatiga koʻra, mamlakatda koʻmirdan ishlab chiqariladigan elektr manbai 42 gigavattni tashkil etgan.

May oyida eʼlon qilingan Federal statistika idorasi maʼlumotlariga koʻra, birinchi kvartalda umumiy ishlab chiqarilgan koʻmir energetikasi ulushi 22,3%ni, shamol elektrostantsiyalari esa xuddi shu davrda ilk bor birinchi oʻringa chiqqan. Qonunloyihasi koʻpchilik tomonidan maʼqullangan.

Jami 354 kishi ovoz bergan, 314 nafar deputat qonunni maʼqullagan, 37 nafari qarshi ovoz bergan, 3 nafari betaraflikni saqlab qolgan.

Ushbu qonunga Germaniya ekologiya faollari qarshi chiqishmoqda. Ularga koʻra, 2038 2038 yil koʻmirdan voz kechish uchun juda kechiktirilgan muddatdir, ularning bir qismi TESlarni 2025 yilga kelib yopish kerakligini taʼkidlasa, ayrimlari 2030 yilgacha amalga oshirish kerakligini qayd etmoqda.

Faollar ushbu masalada norozilik aktsiyalarini amalga oshirmoqda, xususan, kuni kecha Extinction Rebellion va Jugendrat harakatlari faollari Bundestag koridorida shovqinli aktsiyani uyushtirib, oʻzlaridan bir necha metr narida turgan kantsler Angela Merkelni shoshirib qoʻydilar.

Videoda hukumat rahbari yosh ekologlarning keskin shovqini va faolligidan seskanib ketganligi aniq aks etgan. Juma kuni Greenpeace faollari ushbu qonunchilik loyihasi muhokamasi kechayotgan reyxstag binosi tomiga chiqib, "Koʻmir energetikasisiz kelajak", deya yozilgan transparantni ilib qoʻyganlar.

Asosiy mavzular