Xodimlar uchun sotib olingan shaxsiy himoya vositalari soliq bazasidan chiqariladi - DSQ

© REUTERS / Marko DjuricaStuardessi v zashitnix maskax v aeroportu
Stuardessi v zashitnix maskax v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niqoblar, antibakterial va boshqa dezinfeksiya vositalari sotib olish bo‘yicha xarajatlar foyda solig‘i bazasidan chegiriladi - DSQ. 

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Pandemiya sharoitida korxonalar tomonidan o‘z xodimlari uchun xarid qilingan shaxsiy himoya niqoblari, antibakterial vositalar foyda solig‘i olinadigan bazadan chiqarib tashlanadi. Bu haqida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

"Soliq qo‘mitasi shuningdek Soliq kodeksining 317-moddasining 18-bandiga muvofiq, daromad olishga qaratilgan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday xarajatlarni amalga oshirish majburiyati soliq to‘lovchining zimmasiga yuklatilmagan bo‘lsa, ushbu xarajatlar chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, pandemiya sharoitida korxona va tashkilotlarda karantin talablariga mos sharoitlar yaratish belgilangan. Shu sababli hodimlar uchun niqoblar, antibakterial va boshqa dezinfeksiya vositalari sotib olish bo‘yicha xarajatlar foyda solig‘i hisob-kitob qilinganda soliq bazasidan chegiriladi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugungi kun holatiga koronavirus qayd etilgan fuqarolar soni 10143 nafarga yetdi. Koronavirusdan sog‘ayib ketgan fuqarolar soni 6584 kishini, davolanayotganlar 3524 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Vafot etganlar soni 34 kishini tashkil qilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0