Mirziyoyev banklardan aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha takliflar kutmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident banklar moliyaviy resurslarni davlat yordami va ko‘magisiz, mustaqil jalb qilishlari zarurligini qayd etdi.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish bo‘yicha yig‘ilishda davlat aktivlari bor tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar hissasi yuqoriligini tanqid qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiyot, bank va kambag‘allikni qisqartirish: Mirziyoyev 8ta yo‘nalish bo‘yicha topshiriq berdi

Bunday kreditlar ulushi "Qishloq qurilish bank"da 41%ni, "Ipoteka bank"da 32 %ni tashkil etadi.

O‘tgan yili banklarga davlat kafolati ostida qariyb 600 million dollarlik kredit liniyalari jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 570 million dollarni tashkil qiladi.

Shu bilan bir qatorda, aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos.

"Shu munosabat bilan Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘i berildi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.

Mirziyoyev banklar moliyaviy resurslarni davlat yordami va ko‘magisiz, mustaqil jalb qilishlari zarurligini qayd etgan.

 

Yangiliklar lentasi
0