Temir yo‘l komponentlarini sinovdan o‘tkazuvchi milliy markaz ishga tushadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVagonoremontniy zavod
Vagonoremontniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ispaniyadan  "Afrosiyob" tezurar poyezdlariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy sinov laboratoriyasi sotib oldi.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik.  O‘zbekistonda yaqinda "Temir yo‘l komponentlarini sinovdan o‘tkazuvchi milliy texnologik markaz ishga tushadi" deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Temir yo‘llari. 

Yangi sinov laboratoriyasi "Afrosiyob" tezurar poyezdlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus sexga olib kelinadi. 

"Lokomotiv-vagon xo‘jaligining ta’mirlash bazasini yangilash, mantiqan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviy va energiya tejamkor uskunalar bilan almashtirish maqsadida, FIYeM fondi kreditlari hisobidan ushbu "Temir yo‘l komponentlarini sinovdan o‘tkazuvchi milliy texnologik markazni" ishga tushirilmoqda, - deyilgan xabarda. 

Ushbu kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya qirolligi orasida imzolangan navbatdagi shartnoma bo‘lib unga 6-iyul kuni "O‘zbekiston temir yullari" AJ raisi v.b. Hasilov X.N. va Ispaniyaning "IBERTEST" kompaniyasi direktori Xose Garsiya ishtirokida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya davomida erishildi. 

Oldinroq "O‘zbekiston temir yullari" mutaxassislari O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ishtirokida "IBERTEST Advanced Testing Solutions" kompaniyasining sinov laboratoriyalarida bo‘lib yangi texnologiyalarni o‘rganishgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘TY va Ispaniyaning Talgo kompaniyasi ishtirokida 2ta Talgo-250 tezurar poyezdlari va 4ta ekonom-klass vagonlarni sotib olish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 57,5 mln yevro bo‘lib, u FIYeM fondining 30-yillik  krediti hisobidan amalga oshirilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0