07:17 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
86 0 0

Koreya Eksimbanki qoshidagi EDCF jamgʻarmasi bilan birgalikda 2021-2023 yilga moʻljallangan iqtisodiy rivojlanish hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimni ishlab chiqishni boshlashlariga va imtiyozli moliyalashtirish dasturini 500 milliondan 1 mlrd dollargacha oshirishga kelishib olindi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Seul shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Koreya Eksimbanki raisi Bang Mun-kyu bilan uchrashdi.

Asosli va konstruktiv muloqot davomida keng doiradagi masala va takliflar qamrab olindi. Tomonlar 2019 yilda Bank tomonidan maʼqullangan bir qator loyihalar uchun qarz shartnomalarini imzolashni tezlashtirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, “Toshkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri, kattalar uchun koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, saraton klinikasi, tibbiy yoʻnalishidagi OTM va kimyoviy texnologiyalar markazini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, maslahatchilar va pudratchilarni tanlash jarayonini tezlashtirishga kelishildi.

Shuningdek, Koreya tomoni Oʻzbekiston bilan moliyaviy-texnik hamkorligini yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Koreya Eksimbanki qoshidagi EDCF jamgʻarmasi bilan birgalikda 2021-2023 yilga moʻljallangan iqtisodiy rivojlanish hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimni ishlab chiqishni boshlashlariga va imtiyozli moliyalashtirish dasturini 500 milliondan 1 mlrd dollargacha oshirishga kelishib olindi.

“Koreyaning Eksimbankini Oʻzbekistondagi infratuzilma loyihalarini shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni moliyalashtirishga jalb etishning ijobiy istiqbollari boʻyicha oʻzaro anglashuvga erishildi. Koreya tomoni taqdim etilgan loyihaviy takliflarni oʻrganib chiqadigan boʻldi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshma jamgʻarma tashkil etishni muhokama qilib, uning kontseptsiyasini yaqin kelajakda ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, Bank rahbariyati har ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish uchun qoʻshimcha kredit liniyalari ajratish orqali Oʻzbekiston tijorat banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini koʻrib chiqadi.

Teglar:
loyiha, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular