14:07 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
313 0 0

Rossiya xorijiy davlatlarga 600 donadan ziyod sunʼiy nafas oldirish (SNO) apparatini yetkazib berdi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Rossiya xorijiy davlatlarga 600 donadan ziyod sunʼiy nafas oldirish (SNO) apparatini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov maʼlum qildi.

“600 donadan ziyod sunʼiy nafas oldirish (SNO) apparatlari allaqachon Oʻzbekiston, Serbiya, Italiya va Belarusga yuklab joʻnatilgan”, - dedi Manturov Federatsiya kengashidagi hukumat soati davomida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, u AQShga haroratni oʻlchaydigan terminal sotish boʻyicha shartnoma imzolanganini maʼlum qilgan.

Teglar:
Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular