06:39 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
167 0 0

Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda. Bitim soliqlarni undirishda koʻmaklashishga oid yangi norma bilan toʻldirilmoqda

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida 1996 yil 8 maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma 9 iyuldan eʼtiboran kuchga kirdi.

Hujjat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25-oktyabrda Turkiyaga tashrifi davomida imzolangan.

Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda, shuningdek, Bitim soliqlarni undirishda koʻmaklashishga oid yangi norma bilan toʻldirilmoqda.

Tuzatishlar “soliq shaffofligi”ni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi.

Teglar:
Oʻzbekiston, Turkiya

Asosiy mavzular