15:40 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
19401

Mart oyidan buyon Oʻzbekistonda pandemiya oqibatlarini aholining yashash va tarzi va iqtisodiyot tarmoqlari darajasida yumshatishga qaratilgan 14 ta farmon va qarorlar qabul qilingan.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati aholi, iqtisodiyot jabhalari va tadbirkorlik subʼyektlarini koronavirus pandemiyasi davrida qoʻllab-quvvatlash choralari qiymatini baholadi.

"Koronavirus pandemiyasi davrida 2020 yil 9 iyul holatiga koʻra, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir koʻrilgan choralarning umumiy qiymati 62 593 mlrd soʻm deya baholanmoqda", - deyilgan xabarda.

Shundan:

  • Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi xarajatlari — 5 293 mlrd soʻm;
  • Coliq va bojxona imtiyozlari – 1 636 mlrd soʻm;
  • Coliqlar kechiktirilishi va jarimalarning vaqtincha toʻxtatilishi – 2 510 mlrd soʻm;
  • Bank sohasini qoʻllab-quvvatlash choralari – 48 215 mlrd soʻm;
  • Qurilish va taraqqiyot jamgʻarmasi – 3 306 mlrd soʻm;
  • Iqtisodiyotning real sektorlarini qoʻllab-quvvatlash choralari – 1 632 mlrd soʻm.

Shuningdek, Oʻzbekistonda aholi bandligini ragʻbatlantirish, ish oʻrinlarini va ishchilar daromadini saqlash qolish maqsadida inqirozga qarshi kompleks choralar qabul qilingan.

Inqirozga qarshi jamgʻarma hisobidan 230 ming ishsiz kishilar jamoat ishlariga jalb qilinib, vaqtincha bandligi taʼminlangan. Tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi koorperativlarini tashkil etish uchun subsidiya ajratilishi hisobiga 33 mingdan ziyod kam taʼminlangan oilalar bandligi taʼminlangan. Aholi oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ajratilgan subsidiyalar hisobiga 3 ming band boʻlmagan aholi ishga joylashtirilgan.

20 ming ishsiz aholi ishsizlik nafaqasini olgan. 374 ming fuqaroning uch oylik bandligi va doimiy daromadi taʼminlangan. 27 ming band boʻlmagan aholiga 10 mlrd soʻm nafaqa toʻlangan.

Joriy yilning mart oyidan iyun oyiga qadar Oʻzbekistonda pandemiya oqibatlarini aholining yashash va tarzi va iqtisodiyot tarmoqlari darajasida yumshatishga qaratilgan 14 ta farmon va qarorlar qabul qilingan.

Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼyektlari va 8 mlndan ziyod fuqarolar 30 trln soʻmga yaqin imtiyoz va preferentsiyayalarga ega boʻlgan.

Maxsus soʻrovnomalar natijasida 583 ming kam taʼminlangan oilalarga, xususan, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 307 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ berilgan.

Teglar:
iqtisod, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular