11:31 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
167 0 0

Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish maqsadida, Oʻzbekistoning yirik korxonalarida energiya auditi oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koʻp energiya sarflayotgan yirik korxonalarda majburiy energoaudit oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib oʻtilgan.

Qarorga muvofiq, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan aholi va korxnalardan kichik GES, shamol va quyosh elektr stantsiyalari tomonidan oʻz ehtiyojidan ortiqcha miqdorda ishlab chiqilgan elektr energiyasini kafolatlangan tartibda belgilangan narxda sotib olish mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi.

Ikkinchidan, yoqilgʻi-energetika yillik isteʼmoli 2 ming tonna shartli yoqilgʻi hajmiga teng boʻlgan yoki 1 ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻisi boʻlgan korxonalar 2021-2022 yillarda majburiy energetik tekshoʻiruvdan oʻtkaziladi.

Ushbu choralar natijasida 2 yil ichda energiya samaradorligini oshirish natijasida 3,3 milliard kVt*soat elektr energiyasi, 2,6 milliard metr kub tabiiy gaz va 16, 3 ming tonna neft mahsulotlari tejash rejelashtirilmoqda.

2020 - 2022 yillar davomida energiya samaradorligi oshirish kerak boʻlgan 285 ta yirik korxonalar roʻyxati ushbu Qarorga ilova qilingan. Ular orasida “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” “Oʻzbekgidroenergo”, “Oʻzkimyosanoat” “Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK”, “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzdonmahsulot” va boshqalar bor.

Undan tashqari Energetika vazirligi tarkibida byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya jamlash Jamgʻarmasi tashkil qilinadi.  

Jamgʻarma davlat ulushi boʻyicha dividendlar, neft-gaz va elektr energetikasi korxonalarining sof foydasidan 5% oʻtkazmalar, oshirilgan tariflar va sanktsiyalar summasining 20%, grantlar va boshqa toʻlovlar hisobidan toʻldiriladi.

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

  • koʻp qavatli uylarda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalar tayyorlash va energiya auditini oʻtkazish,
  • energiya samaradorligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash,
  • qayta tiklanuvchi energiya manbaalari boʻyicha start aplar va korxonalar ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etish
  • Jamgʻarma ijro direktsiyasini taʼminlashb xodimlarini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.

Prezident qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular