12:04 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
67 0 0

Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Oʻzbekistonga 200 million dollar ajratadi.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 200 million dollar kredit oladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

13 iyul kuni Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov videokonferentsaloqa orqali Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava bilan muzokaralar oʻtkazdi.

“OTB Prezidenti Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish va jihozlash uchun 100 mln dollar miqdorida yangi kreditni maʼqullash boʻyicha tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganigini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Kredit joriy yilning avgust oyi boshida maʼqullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun birgalikda moliyalashtirish asosida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining 100 mln dollarlik mablagʻlari jalb etilishi maʼlum qilindi.

Asosiy mavzular