18:29 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
38110

BMT dunyo mamlakatlari sanoatining raqobatbardoshlik reytingini yangiladi. Unga davlatlarning mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyati aks etadi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. BMT raqobatbardoshlik reytingini  yangiladi. Unda Oʻzbekiston 152 davlat orasida 0.017 koʻrsatkichi bilan 92 oʻrinni egalladi. Maksimal koʻrsatgich 1ga teng boʻlishi mumkin.

Bu Markaziy Osiyo respublikalari orasida 2-oʻrin. Oldinda Qozogʻiston - 68 oʻrin koʻrsatgichi - 0,035. Orqada Qirgʻiziston 122 oʻrin, va Tojikiston - 129 oʻrin. 

MDH davlatlari orasida yetakchi - Rossiya - 32 oʻrin va 0,097 koefitsent, keyin Belarus - 47-oʻrin va 0.063, uchinchi oʻrinda Qozogʻiston. 

Sanoat raqobatbardoshligi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda - Germaniya (0.471), ikkinchi - Xitoy (0.372) va uchinchi oʻrinda Janubiy Koreya (0.349). 

BMT davlatlar sanoat raqobatbardoshlililigini 2003 yildan buyon hisoblab keladi. Unda davlatlarning mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish salohiyati aks etadi. 

Asosiy mavzular