20:31 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
174 0 0

Oʻzbekistonda pandemiya vaqtida korxonalarning 64 % oʻz biznes planlarini oʻzgartirmagan, 49 % - rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. BMT Taraqqiyot dasturining Iqtisodiy izlanishlar markazi Oʻzbekistonda pandemiya va iqtisodi qoʻllab-quvvatlash choralari turli sohalarda faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta korxonalarga qanday taʼsir qilganini oʻrganib chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha pandemiya sharoitida aksariyat korxonalar faoliyatini toʻxtatmagan. Xususan, soʻrovda ishtirok etgan biznes vakillarining 78 % - oʻz faoliyatini toʻxtatmaganini, 35 % -  mahsulotiga talab oldingi darjada saqlanib qolganini va faqatgina 24 % - talab kamayganini maʼlum qilishdi.

Eng katta zarar koʻrgan sohalar bu turizm va mehmonxona biznesi hamda jamoat ovqatlanish sohasi va turli xizmatlar koʻrsatish sohalari deb qayd etilgan. Shuningdek, xodimlarni ishdan boʻshatish holatlari ham kam kuzatilgan. Bu borada masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazishning iloji boʻlmagan sohalar koʻproq zarar koʻrgan. Aksariyat hollarda 2-3 oydan soʻng xodimlar oʻz hisobidan taʼtilga chiqarilgan. 

Eng kam zarar koʻrgan sohalar esa: qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilik sohalari deb topilgan. Ushbu yoʻnalishlarda maoshlar va ish oʻrinlari toʻliq saqlanib qolgan va hatto oʻsishi qayd etilgan.

Shuningdek, davlat tomonidan koʻrilayotgan chora tadbirlar, iqtisodiy faoliyatning aksariyat ishtirokchilari tomonidan “Yetarlicha samarali choralar” deb baholanmoqda. Ayniqsa samarali boʻlgan choralar orasida: foiz stavkalarining tushirilishi, davlat aktivlarining ijara narxi kamaytirilishi, QQS va aktsiz soliqlarining kamaytirilishi va kichik biznes uchun ajratilgan grantlar sanab oʻtilgan.

Samarasi kamroq boʻlgan choralar orasida esa: soliq va kredit kanikullari, bojlarni oshirish yoʻli bilan importdan himoya qilish va davlat kafolatlarining muddatini uzaytirish sanab oʻtilgan.

Shu bilan birga, izlanishda korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun kerakli choralar borasida ham respondentlar fikri oʻrganilgan. Unga koʻra, aksariyat tadbirkorlar soliq va toʻlovlar muddatini kechiktirish, soliq imtiyozlari, kreditlar boʻyicha foizlar tushirilishi va toʻlovlar kechiktirilish – samararali choralar deb hisoblaydi.

Xususan, 42% respondentlar – soliq chegirmalari tarafdorlari – 42%, kreditlar boʻyichafoizlarni kamaytirish tarafdorlari – 38 % hamda soliqlar toʻlov muddatini kechiktirish tarafdorlari -24 %ni tashkil qilgan.

Yakuniy xulosalarga koʻra, korxonalarning 64 % oʻz biznes planlarini oʻzgartirmagan. Shuningdek 49 % - korxonalar rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan. Faqatgina 5-6 % tadbirkorlar yangi biznes turlarini oʻzlashtirish boshlaganini xabar qilgan. 

Asosiy mavzular