20:50 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
232 0 0

2020 yilning birinchi yarmida jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi 1,7 mlrd dollarga teng boʻlgan.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. 2020 yili yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan jami miqdori 3,9 mlrd AQSH dollariga teng chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalar (sotish va sotib olish) amalga oshirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki axborot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 mln dollarga oshdi (2019 yili — $1,399 mlrd). Faqat aprel oyida chet el valyutasini sotish hajmi sezilarli daraja tushib ketgan (172 mln dollar).

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 mlrd dollarga teng boʻlgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga oshgan (2019 yilning mos davrida — $557 mln).

Natijada ushbu operatsiyalar boʻyicha ijobiy saldo 491 mln dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 351 mln dollarga (yoki 42 foizga) kamaygan.

Asosiy mavzular