01:18 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
122 0 0

Ajratilgan 26 gektar yer maydonida moychechak, atirgul, chinnigul, rozmarin va shuvoq oʻsimliklari yetishtirilmoqda.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi “FARMA aktiv” korhonasi asoschisi Mirshod Boboyev jaratilgan yer maydonida 10dan ortiq dorivor oʻsimliklarni yetishtirmoqda, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Uning korhonasi dorivor oʻsimliklar va gullarni yetishtirish bilan shugʻullanadi. Ushbu maqsadlar uchun 2019 yilda unga Panob qishlogʻi hududidan 26 gektar ishlov berilmagan yer ajratildi.

Bugungi kunga yer maydonida moychechak, atirgul, chinnigul, rozmarin va shuvoq oʻstiriladi. Mehnat koʻp talab qilinadigan mavsumda korhona gul terimiga koʻproq ish joylarini yaratadi.

Dorivor oʻsimliklar.
© Commons.wikimedia / Casey Fleser

Korxona xodimi Sherzod Hamroyevning soʻzlariga koʻra, bu yil ish jarayoniga yuz nafar yoshlar qoʻshimcha jalb etildi.

Boshqa bir ishchi, teruvchi Zulxumor Axrorovaning soʻzlariga koʻra, dalada odamlar oyiga bir million soʻmdan koʻproq maosh olishmoqda. Ularning aksariyati mavsum davomida band.

Yana bir xodim Temurmalik Rasulov yaqinda Rossiyadan qaytib keldi, u yerda gulchilik sohasida ishladi. Hozirda u toʻplangan tajribasi bilan boʻlishmoqda.

Biroz oldin Sirdaryo viloyatida 11-chi sinf bitiruvchisi tashlandiq 15 gektar yerni oʻzlashtirdi. Yer maydoniga u poliz va dukkakli ekinlarni ekkan haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular