09:35 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
198 0 0

AQSH kompaniyasi Buxoro zavodida neftni qayta ishlash chuqurligini 79% dan 95% gacha oshirishga yoʻnaltirilgan texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiya va qayta qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga jahonning yetakchi litsenziari AQShning “Honeywell UOP” kompaniyasini jalb qildi. 

"Buxoro NQIZ” MCHJ va “Honeywell UOP” (AQSH) kompaniyasi oʻrtasida texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish boʻyicha bitim va litsenziya shartnomasi imzolandi", - deyilgan xabarda. 

Bitim korxonaning mavjud quvvatlarni qayta ishlash chuqurligini 79% dan 95% gacha oshirish, yengil neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 77% dan 91% gacha oshirish va Yevro 5 standartining talablariga javob beradigan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan.

Ushbu loyiha doirasida umumiy naftani gidrotozalash, yengil naftani izomerizatsiya qilish, vodorod tozaligini oshirish uchun qisqa tsiklli adsorbtsiya qurilmalari va mazutni katalitik krekinglash kompleksini yangidan qurish hamda nordon gazlarni aminli tozalash, gazoylni gidrotozalash va neft va gaz kondensati aralashmalarini atmosfera distillash qurilmalarini qayta qurish kabi jarayonlan rejalashtirilgan.  

Maʼlumot uchun, “Honeywell UOP” kompaniyasi lizenziya va texnologik uskunalarning pudratchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasidagi 20 dan ortiq yirik loyihalarda ishtirok etgan. Ular qatorida, “Qandim” gazni qayta ishlash zavodida gazni quritish va merkaptanlardan tozalash jarayon ham bor. 

Asosiy mavzular