18:48 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
420 0 0

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga qaraganda, boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga qadrsizlangan.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga boʻlgan talab hajmining oʻsishi hamda taklif hajmining nisbatan kamayishi sharoitida shakllandi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Xususan, hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 baravarga oʻsgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq aholining xorijiy valyuta sotib olishi 3 baravarga oshgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular