02:37 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
116 0 0

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatida 202 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda sohada 93ta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston oʻziga kerakli boʻlgan dorilarning 21%ini ishlab chiqaradi, qolgan 79 % - import qilinadi. Bu haqida kecha prezident huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum boʻldi.

Farmatsevtika korxonalarining aksariyati oddiy formulali dori-darmonlarni ishlab chiqarish bilan cheklanmoqda. Shu bois import qilinadigan mahsulotlar ulushi 79 %ni tashkil etadi. Bu hali foydalanilmayotgan ulkan salohiyat mavjudligidan dalolat beradi, - deyilgan xabarda.  

Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasining ilmiy rivojlanishini taʼminlash, kadrlar salohiyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yangi korxonalar tashkil etishni va qoʻshimcha erkin iqtisodiy zonalar va ilgʻor rivojlanish hududlarini yaratishni, korxonalar oʻrtasida kooperatsiyani chuqurlashtirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va uning raqobatdoshligini oshirish vazifasini qoʻydi.

Ayni paytda farmatsevtika sanoatida umumiy qiymati 630 million dollar boʻlgan 93 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shundan 355 million dollari xorijiy investitsiyalardir. Ushbu loyihalarni amalga oshirish 5,5 ming ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatida 202 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2019 yil yakunida bu tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 170 million dollarni, eksport 22,1 million dollarni tashkil etgan.

Asosiy mavzular