Vengriya O‘zbekistonning atomga oid loyihalarida faol ishtirok etmoqchi

© Sputnik/ Dilshoda RaxmatovaMaket AES
Maket AES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki tomon muloqoti davomida Vengriyaning kompaniyasi tomonidan yirik issiqlik stansiyalarida, va shu jumladan AES da muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan qaytadigan suvlarni sovutishning "quruq" usulidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilingan

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbariyatining Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyarto boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vstrecha delegatsiy Uzbekistana i Kazaxstana v MinEnergo Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
AES qurilishi bo‘yicha jamoat eshituvlari bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy safari doirasida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Vengriya tomonidan energetika sohasida, xususan, O‘zbekiston Energetika vazirligi qoshidagi "O‘zatom" agentligi va Vengriyaning yadro energetikasi sohasidagi MVM Paksi Atomeromu Ltd. ilmiy markazi darajasida atom elektr stransiyasini qurish va yadro energetikasi sohasida ilmiy almashinuv sohasidagi hamkorlikka tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

Vengriyaning ENIOX kompaniyasi tomonidan yirik issiqlik stansiyalarida, va shu jumladan AES da muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan qaytadigan suvlarni sovutishning "quruq" usulidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu kompaniyaning boy tajribasi eng avvalo, suv resurslari bo‘yicha muayan taqchillik mavjud bo‘lgan  qurg‘oqchil hududlarda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.  Vengriya tomoni Vengriyaning ENIOX  kompaniyasi ushbu loyihada ishtirok etgan taqdirda  «Eksim Banka Vengriya” tomonidan 130 mln. yevroga teng qiymatda moliyalashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Sergey Prixodko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

"O‘zatom" agentligi, shuningdek qator vazirlik va idoralar mutaxassislari 2018 va 2020-yillarda Vengriyaga qilingan safari davomida Vengriya yadro energetikasining obyektlari bilan yaqindan tanishgan, ushbu mamlakatning atom elektrstansiyalarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi tajribasini o‘rgangan edi.

Xususan, hozirgi paytda Rossiya dizaynidagi «Paksh-2» AES ni “tayyor holda” qurish sharti bilan loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu inshoot “Rostatom” davlat korporatsiyasi tomonidan barpo etilmoqda.  «Paksh-2» ikkita VVER-1200 energoblokiga ega bo‘ladi, ya’ni Vengriya tomoni ta’kidlaganidek, O‘zbekistonning birinchi atom elekstransiyasi bilan o‘xshash texnologik parameterlarga ega bo‘ladi.  

Vengeriya tomonidan o‘zaro hamkorlikning ta’limga oid jihati ta’kidlandi, bu borada rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ya’ni, O‘zbekistonlik talabalar uchun kvota 30 tadan 100 kishigacha ko‘paytirildi, uning doirasida atom energetikasini o‘rganish dasturini Budapesht politexnika unversitetitida joriy qilish taklif qilinmoqda.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi va ikki mamlakat mutaxassislari jalb qilingan holda bu boradagi ishlar davom ettiriladi.

Yangiliklar lentasi
0