Hind kompaniyasi Sergeli tumanida 500 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov, arxivnoe foto
Stroitelstvo jilix domov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Minerva world of knowledge” LLC kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida universtitet, talabalar turar joylari, sport komplekslari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona barpo etadi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Hindistonning “Minerva world of knowledge” LLC kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida universtitet, talabalar turar joylari, turar joylar, sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab, bog‘chalar va zamonaviy mehmonxona barpo etadi.

Umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirish uchun Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan (Oliy Majlis Senati qaroriga asosan Toshkent shahar hududiga o‘tkazilayotgan) 100 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, “Minerva world of knowledge” LLC o‘rtasida 2019-yil 29-avgust kuni investitsion kelishuv imzolangan.

Budet sozdani uzbeksko-indiyskie sovmestnie predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Bir necha o‘zbek-hind qo‘shma korxonalari tashkil etiladi

Rejaga ko‘ra, I bosqichdagi o‘quv muassasalari 2021-yil IV-chorakda, ll bosqichdagi shifoxona 2021-yil IV-chorakda, III bosqichdagi mehmonxona 2021-yil IV-chorakda va IV bosqichdagi turar joylar, savdo va biznes markazlari, sport majmuasi 2026-yil IV-chorakda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha 2026-yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0