00:04 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
152 0 0

Oʻzbekiston 2020 yil 1 iyul holatiga koʻra jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilgan. Oʻzbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Moʻgʻuliston, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yil 1 iyul holatiga jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga koʻp. Bundan Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlari darak bermoqda.

Qariyb 61 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.

Ushbu mamlakatlar orasida Qozogʻiston 16,7 ming tonna (23 million AQSH dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSH dollari), Qirgʻiz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSH dollari) va  Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSH dollari) bilan yuqori ulushga ega boʻldi.

Joriy yilda oʻzbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Moʻgʻuliston, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.

Asosiy mavzular