Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikda loukoster tashkil etish rejalarini muhokama qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat o‘rtasida parvozlar sonini oshirish hamda yo‘lovchi va yuklar tashish uchun Rossiya-O‘zbekiston loukost aviatashuvchisini tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston yo‘lovchi va yuklar tashish uchun qo‘shma loukoster tashkil etish imkoniyatini muhokama qildi, Bu haqda Rossiya transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Onlayn tarzida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning transport sohasidagi hamkorlik komissiyasi ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Pokupka aviabileta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-iyuldan aviachiptalar uchun to‘langan summalar yangi qoida asosida qaytariladi

Yig‘ilishda Rossiya tomoni vakillariga mamlakat transport vazirining birinchi o‘rinbosari, Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko, O‘zbekiston tomoniga O‘zbekiston transport vaziri Elor G‘aniyev rahbarlik qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar havo transporti sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqqan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida parvozlar sonini oshirish hamda yo‘lovchi va yuklar tashish uchun Rossiya-O‘zbekiston loukost aviatashuvchisini tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAirways va UzAirports qo‘shma bayonot bilan chiqib, 2020-yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0