19:18 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
731 0 0

Bu ishlarni amalga oshirish uchun Vazirlar mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 1,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining maydonlarini sugʻorish uchun Tojikistonning “Baxri Tochik” suv omboridan qoʻshimcha suv olinadi. Bu Vazirlar mahkamasining 2020 yil 18 iyulda qabul qilingan tegishli farmoyishida koʻzda tutilgan.

Suv xoʻjaligi vazirligi xabarida yozilishicha, farmoyishga asosan “Baxri Tochik” suv omboridan qoʻshimcha suv chiqarishni tashkil qilish maqsadida Tojikistonga quvvati 500 l/s, suv chiqarish balandligi 10 m boʻlgan 5 dona A50GO-0,5/10 rusumli nasos agregati, 20 dona ETSV turdagi har xil nasoslar va boshqa moddiy-texnik resurslar yetkazib beriladi. 

Shuningdek, nasos stantsiyalarini taʼmirlash-tiklash xarajatlari qoplab beriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Vazirlar mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 1,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi.

Ushbu moddiy-texnik resurslar Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligining tegishli tashkilotiga qaytarib olmaslik sharti bilan topshiriladi.

Teglar:
suv, Tojikiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular