Yil oxiriga qadar kadastr to‘liq raqamlashtiriladi - prezident

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yil oxiriga qadar yer hisobi va davlat kadastrlarining axborot bazasini tashkil qilish, shahar va qishloqlarda yerning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish vazifasini topshirdi.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda yer hisobi va kadastr bazalari to‘liq raqamlashtiriladi. Bu haqida 21-iyul kuni prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.  

"Yer hisobini aniq yuritish va uning har bir qarichidan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qurilish, geologiya kabi ko‘plab sohalar uchun juda muhim. Prezident ushbu masalaga har doim alohida e’tibor qaratib kelgan", - deyilgan xabarda. 

Lekin bugungi kunda ushbu sohada ko‘plab muammolar to‘planib qolgan. Xususan er xatlovi oxirgi marta 40-yil oldin o‘tkazilgan, 140 ta tuman ma’muriy chegaralari hozirgacha aniq emas.

Pustie kresla - Sputnik O‘zbekiston
“Bu boshlanishi”: kadastr tizimida 7 nafar rahbar ishdan olindi

Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi 20-yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi. Bularning oqibatida sohada talon-torojlik va korrupsiya avj olgan. 66 ta tumanda 150 ming gektar ekin yeri o‘zboshimchalik bilan egallangani, oxirgi ikki yilda 122 nafar kadastr xodimi jinoiy javobgar bo‘lgani buning dalili.

Undan tashqari “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimidagi 27 % xodimlar mutaxassisligi sohaga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi.

Shuningdek, muayan tur kadastrlar to‘liq shakllanmagan. Masalan, avtomobil yo‘llari kadastri 23 foiz, madaniy meros obyektlari 32 foiz, quvurlar 32 foiz, shaharsozlik kadastri 63 foiz shakllangani ham aytib o‘tildi.

Ushbu  vaziyatdan kelib chiqqan holda, Shavkat Mirziyoyev quyidagi vazifalarni qo‘ydi: 

  • shahar va qishloqlarda yerning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish;
  • yil oxirirga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish. Bundan buyon yer ajratish to‘g‘risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi;
  • IT-texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisiga ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini to‘liq ishlab chiqish
  • yer maydonlaridan samarali foydalanish, ularning meliorativ holatini muntazam kuzatib borish maqsdida doimiy ravishda kosmosuratlar olish va ularni o‘rganish. Buning uchun sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish;
  • qishloq xo‘jaligi yer balansini milliy geoaxborot tizimida yuritish, yer maydonlarini tanlov va auksion asosida ajratish tartibini joriy etish, xalqaro ekspertlar yordamida yer toifalarini optimallashtirish; 
  • “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuproq sifatini baholash, yerlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bog‘liq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish taklifi bildirildi;
  • Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar yer maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash; 

Shuningdek, prezident, ushbu sohada mutaxassislar yetishtirish maqsadida O‘zbekistonda xorijiy oliy o‘quv yurti filialini tashkil qilish, Italiyaning Piza hamda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish masalasini ham qo‘ydi. 

Yangiliklar lentasi
0