O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda - foto

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda “TARLON” (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avtomobillar “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

O‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berishi, qo‘shinlar va avtotransport kolonnalarni himoya qilishi, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi.

Yangiliklar lentasi
0