15:38 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
27301

Oʻzbekiston yil boshidan qancha oltin sotgani maʼlum qilindi. Mamlakat eksportining qariyb 34 foiz ulushi oltinga toʻgʻri keladi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. 2020 yil yanvari – iyun oylarida Oʻzbekiston 2,1 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Ushbu raqamlar Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida keltirilgan.

Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining 33,8 foizini tashkil etadi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida eksport hajmi 6,2 mlrd. dollarni tashkil etgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 18,2 foizga kam.

Olti oy yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarga yetgan. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. dollarga kamroq.

Asosiy mavzular