06:21 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
18610

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bosqichma-bosqich ittifoq tashqarisiga oziq-ovqat eksportiga qoʻyilgan cheklovni bekor qiladi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bosqichma-bosqich ittifoq tashqarisiga oziq-ovqat eksportiga qoʻyilgan cheklovni bekor qiladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin maʼlum qildi.

Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto
Press-slujba pravitelstva / Sabыr Ailchiyev

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining qator mahsulotlar eksportini cheklash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan edi. Hozirda biz asta-sekinlik bilan bekor qilamiz”, - dedi u Davlat dumasida hukumat faoliyati toʻgʻrisida hisobot berayotib.

Uning soʻzlariga koʻra, eksportni cheklash toʻgʻrisidagi qaror pandemiya vaqtida bozorni himoya qilish maqsadida qabul qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni chetga olib chiqishni cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Asosiy mavzular