21:56 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
30501

Kelajakda Oʻzbekiston ham gaz narxlarini belgilashda bozor mexanizmlariga oʻtadi, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq boʻlgan narxlar qoʻllaniladi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston ichki bozor ehtiyojlari uchun “Lukoyl” bilan qishda qoʻshimcha miqdorda gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot kotibi Sputnik muxbiriga.   

Xabarda aytilishiga koʻra hozir Oʻzbekiston Energetika vazirligi kerak boʻlganda Oʻzbekiston ichki ehtiyojlari uchun oʻzaro manfaatli narxlarda “Lukoyl”dan gaz xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

“Ayni damda Biz “Lukoyl” bilan Oʻzbekiston ichki ehtiyojlari uchun Rossiya kompaniyasi tomonidan qazib olinayotgan gazni oʻzaro manfaatli narxlarda xarid qilish haqida muzokaralar olib bormoqdamiz. Xarid hajmini hozirdan aytish qiyin. Bu ham qazib olish miqdori ham ichki bozordagi talabga bogʻliq boʻladi”, - dedi Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Bexzot Narmatov.   

Maʼlum boʻlishicha, shu vaqtga qadar “Lukoyl” Oʻzbekistonda qazib olingan gazni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga yetkazib bergan, lekin dunyoda uglevodorodlarga talab kamaygan vaqtda Oʻzbekistonda katta hajmda gaz  qazib olish – kompaniya uchun qimmatlik qilgan.

“Shu sababli biz “Lukoyl” bilan gaz sotib olish narxlarini kelishmoqdamiz. Qancha gaz sotib olishimiz hozircha maʼlum emas, lekin biz ichki bozorda defitsit yuzaga kelishiga yoʻq qoʻymaymiz, iqtisod uchun qancha gaz kerak boʻlsa – shuncha sotib olamiz, bu aniq”, -  dedi vazir oʻrinbosari.

Narmatov aytishiga qaraganda, hozir “Oʻzbekneftegaz”, “Oʻztransgaz” va “Hududgaztaminot” kabi   Oʻzbekiston neft-gaz kompaniyalari ulkan moliyaviy bosimga duch kelmoqda. Gʻarb mamlakatlarida bunday taʼminot mavjud  emas.

“Masalan Germaniyada tabiiy gaz sanoat foydalanuvchilariga nisbatan aholi uchun qimmatroq. Nega deganda 1 milliard metr kub gazni 1ta sanoat foydalanuvchisiga yetkazib berish bir millionta xususiy uyga yetkazib berishdan koʻra osonroq. Shuningdek, ularda avval gaz yetkazib berish narxi va rentabellik hisoblanadi, keyin shunga qarab gazning narxi belgilanadi.

Bizda esa gaz narxini davlat belgilaydi. Aholi uchun gaz eksportga yuboriladigan gaz narxiga nisbatan 5-6 baravar arzon turadi”, - deydi amaldor.

Narmatov aytishiga koʻra, kelajakda Oʻzbekistonda ham narxlar belgilashda bozor mexanizmlariga oʻtishga, ishlab chiqaruvchilar va aholi muvofiq boʻlgan narxlar qoʻllaniladi.

Asosiy mavzular